Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlar tomonidan yosh shaxmatchini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Chilonzor tumani "Katta Chilonzor 3" MFY, 30-uy, 44-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Shaxnoza G‘aniyevaning farzandi Sheralijon Ravshanovning Italiya davlatida bo‘lib o‘tadigan xalqaro shaxmat musobaqasida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan yosh sportchining xalqaro musobaqada munosib ishtirok etishini ta'minlash maqsadida uning safar bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirish uchun 34 560 000 (o‘ttiz to‘rt million besh yuz oltmish ming) so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1