Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#mahallalarda_yoshlar_yetakchilari faoliyati hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligi o‘rganildi.

🚀 Nurafshon shahar Kengashi deputati K.Umarboyev tomonidan #mahallalarda_yoshlar_yetakchilari faoliyati hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi ustuvor masalalarga e’tibor qaratildi:

Mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va intellektual o‘yinlarning yoshlar hayotidagi o‘rni;

Ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda subsidiyalar orqali ularning bandligini ta’minlash holati;
Besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning to‘garaklarga jalb etilishi va mahallalardagi mavjud infratuzilmadan foydalanish darajasi.

Monitoring yakunida "yoshbay" ishlash tizimini yanada jadallashtirish, yoshlarning muammolarini hal etishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda yetakchilarning ish samaradorligini (KPI) oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mas'ul mutaxassis I.Omonboyev

Slide 1 of 3