Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lgan fuqaroga ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar muammolari deputatlar tomonidan hal etildi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
📌Qonun ijrosi deputatlik nazoratida

🟢XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

📌Qonun ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qonunchilik talablari asosida tashkil etish, mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, hududda jamoatchilik nazoratini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inida hujjatlar yuritilishi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarning amalda bajarilishi holatlari ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonun talablariga so‘zsiz rioya etish hamda mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Kelgusida qonun ijrosini tizimli nazorat qilib borish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahallalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda fuqarolarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasidagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1