Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lgan fuqaroga ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar muammolari deputatlar tomonidan hal etildi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o'rganildi

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o'rganildi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi mas'ul hodimi H.Odilov, Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 5-Farovon saylov okrugi deputati G'.Sadikov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini o‘rganish doirasida Kim Pen Xva MFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Jarayonda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, "Ayollar daftari" bilan ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3