Davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi nazoratda!
➡️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati E.Hamrayev, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Samarqand viloyati bo‘limi, "Yuksalish" harakati Samarqand viloyati bo‘limi, xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati, “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Tayloq tumani filiali tomonidan Tayloq tumani “Chorboq tepa”, “Xujayuz”, “Taraqqiyot”, mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga 2025-yilda ajratilgan Davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasini amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
✅O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha asosida olib borilayotgan ishlarning holati yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur jarayon deputatlik nazoratiga olindi.