Deputat saylovchilariga axborot berdi
⚡️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi 15-Dehqonobod saylov okrugi deputati O'ktam Saidmurodov tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etilib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berildi.
👨💼Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
✅Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputat va saylovchilar o‘rtasidagi bunday ochiq muloqot hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.