Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, O'zbekiston Respublikasi Oliy Sport Mahorati maktabi chim ustida hokkey bo'yicha terma jamoa bosh murabbiysi Rinat Ahmadulin xizmat safari bilan Indoneziya davlatida bo'lib turibdi.
Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilayotgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari saralash turniri O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlgan kiritdi.
Vakillarimiz musobaqa davomida yuqori darajadagi iroda, intizom va jamoaviy o‘yinni namoyish etib, muddatidan avval Aichi-Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bugungi hal qiluvchi Shri Lanka jamoasiga qarshi bellashuvda yurtdoshlarimiz chinakam iroda va matonat bilan kurashib, raqibni 6-1 hisobda magʻlub etdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa 19-sentabr – 4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi va ushbu o'yinlarda jamoamizga omad tilaymiz.