Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X. Jumaboev “Turon” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish va doimiy ish bilan ta’minlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish — jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.