🔴Oʻrganishlar davomida Surxondaryo viloyati aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini oshirishga qaratilgan “Suv omborlari manbalari hisobiga suv tizimini yaxshilash” loyihasining borishi atroflicha koʻzdan kechirildi.
🔴Sohaga masʼul mutaxassislar ishtirokida zamonaviy suv tozalash inshootlarining bugungi quvvati, texnologik holati hamda suvning sifat darajasi tahlil qilinib, mavjud imkoniyatlar oʻrganildi.
🔴Mazkur yirik loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hududdagi 5239 ta xonadonlarga sifatli va uzluksiz obihayot yetib borishini kafolatlashga xizmat qilishi alohida taʼkidlab oʻtildi.
🔴Monitoring jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilandi va bu boradagi har bir qadam deputatlik nazorati hamda xalq vakillarining doimiy eʼtiborida boʻlishi kelishib olindi.
🔴Bunday tizimli saʼy-harakatlarning pirovard maqsadi — xalqimizning hayot darajasini yaxshilash va har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoitini yaratishdan iboratdir