🔹Tadbir davomida bank tizimida shaffoflikni ta’minlash va har qanday korrupsion holatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔹Soha xodimlariga xizmat vazifasini bajarishda qonun ustuvorligiga rioya qilish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berilib, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
🔹Uchrashuv yakunida kelgusida korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish maqsadida barcha tuzilmalar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.