Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Tomorqadagi issiqxonalar — aholi bandligi va daromad manbai

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Yulchiyev hududlarda bo‘lib, aholi tomorqalarida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyatini o‘rgandi.

Jumladan, mahallalarda tomorqada issiqxona tashkil etish aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilalar daromadini oshirishda muhim omil ekanligi ta’kidlandi.

Bu kabi tashabbuslar nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi, balki aholining farovon turmush kechirishiga ham xizmat qiladi.

Slide 1 of 4