Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

❇️11-son Alisher Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Dilfuza Mardonova Furqat MFY hududida joylashgan 19-maktab kutubxonasiga tashrif buyurdi.

✅ Tashrif davomida kutubxonaning moddiy-texnika bazasi, kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

❇️ Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.

❇️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✔️ Bu kabi o‘rganishlar ta’lim sifatini oshirish va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1