Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Eski Juma mahallasida ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmurotova tomonidan Eski Juma mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning bugungi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida uylarning texnik holati, tom qismi, ichki kommunikatsiya tizimlari hamda aholiga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan joyida muhokamalar olib borildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholi yashash sharoitini yaxshilash hamda uy-joy fondini saqlash va modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5