Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Ichimlik suvi muammosi o'rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov va hudud deputati M.Mirzayev “Vatan” MFYda ichimlik suvi bilan bogʻliq muammo oʻrganildi.

Oʻrganish davomida mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, hududdagi ichimlik suvi ta’minotida kuzatilayotgan muammolar, mavjud infratuzilma holati hamda aholining murojaatlari atroflicha koʻrib chiqildi.

Mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muammoni bartaraf etish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda tizimdagi mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, murojaatlarni ijobiy hal etish va aholiga qulay sharoit yaratish masalasi doimiy nazoratda boʻlishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5