Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon Shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda kotibiyat mudiri A.Ermatov “Zuxro” MFY hududida joylashgan 36-maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

  🔹Umumiy loyiha qiymati 5 milliard 797 million so‘mni tashkil etayotgan mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari bolajonlar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan.

🔹Obyekt hududida deputatlar tomonidan bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish me’yorlariga rioya etilishi, belgilangan muddatlarga amal qilinishi hamda foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifat darajasi alohida e’tibor bilan o‘rganildi.

🔹Ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan pudrat tashkiloti — “TEXNO GEO STROY” MCHJ mas’ullari bilan muloqot davomida ish jarayonining bugungi holati, keyingi bosqichlar va yakuniy topshirish muddati muhokama qilindi.

Slide 1 of 5