Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Sog‘liqni saqlash muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining sport anjonlari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholining murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining 2025-yil 1-chorak va 2026-yil 1-chorak davridagi faoliyati haqida tahliliy ma'lumot.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 20–24-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining oʻttiz birinchi sessiyasi bo‘lib oʻtdi.
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
KENGASHLAR HAMKORLIGI — YANGI MARRALAR SARI: URGANCH VA GURLAN TAJRIBA ALMASHMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar va Gurlan tumani Kengashlari raislari tashabbusi bilan hududlararo o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — Kengashlar doimiy komissiyalari faoliyatini tubdan jonlantirish hamda xalq vakillarining ish samaradorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat.

Mazkur hamkorlik doirasida joriy yilning 27-aprel kunidan 1-may sanasiga qadar «Tajriba almashish kunlari» o‘tkazilmoqda.

 Tadbir davomida: 

· Kengashlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hududlardagi ilg‘or amaliyotlar tahlil qilinmoqda; 

· Doimiy komissiyalar ishini tizimli va samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashilmoqda;

Deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududiy muammolarni hal etishda yangicha yondashuvlar muhokama etilmoqda.
Ishonchimiz komilki, mazkur tajriba almashish jarayonlari har ikki hudud Kengashlari faoliyatida ijobiy o‘zgarishlarga hamda xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4