Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Sog‘liqni saqlash muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining sport anjonlari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholining murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining 2025-yil 1-chorak va 2026-yil 1-chorak davridagi faoliyati haqida tahliliy ma'lumot.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 20–24-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining oʻttiz birinchi sessiyasi bo‘lib oʻtdi.
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
"AJRIM — YECHIM EMAS!" tadbirida deputatlar faol ishtirok etmoqda.

Оilaviy qadriyatlarni saqlash va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tumanda "Ajrim — yechim emas!" shiori ostida keng qamrovli va amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova ishtirok etib, tumanning 1-chorak yakunlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini tanqidiy tahlil qildi. Yig‘ilishda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan keng imtiyozlar va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish choralari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda nafaqat soha mutasaddilari, balki xalq deputatlari tuman Kengashi a’zolari ham faol ishtirok etishdi. Deputatlar har bir mahalladagi muammoli oilalar bilan individual ishlash, ajrimlarning tub sabablarini o‘rganish va ijtimoiy ko‘mak berish masalalarida o‘z takliflarini bildirdilar.

Tadbirning eng ta’sirli qismi 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva tashabbusi bilan 40 yildan buyon imkoniyati cheklangan turmush o‘rtog‘ini e’zozlab kelayotgan Hamro Karomatovaning hayot yo‘liga bag‘ishlandi.

"Turmush o‘rtog‘im avtohalokatga uchraganda yosh edim, birgina qizimiz bor edi. Lekin biror marta tashlab ketishni xayolimga keltirmadim. Bugun 5 nafar nevaraning buviman," — degan onaxonning so‘zlari zalda o‘tirgan har bir ishtirokchini mulohaza qilishga undadi.

Shunchaki nutqlar bilan cheklanib qolmasdan, olib borilgan tushuntirish ishlari va ko‘rsatilgan ibratli namunalar natijasida ajrashish arafasida bo‘lgan 7 ta oila shu kunning o‘zida yarashdi.
 

Slide 1 of 1