Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BO'STONLIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 29-IYUN - 3-IYULGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 22–26-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYJESTI
янв.21
Aholining tomorqa ekinlarini sug‘orish bo‘yicha mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholining suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolari “xonadonbay” o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash 21-Namuna saylov okrug deputati D.Raxmatullayev, kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixovlar Olmazor tumani “Yangi Toshkent” mahalla fuqarolar yig`inlariga tashrif buyurishdi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash 21-Namuna saylov okrug deputati D.Raxmatullayev, kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixovlar Olmazor tumani “Yangi Toshkent” mahalla fuqarolar yig`inlariga tashrif buyurishdi 

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiya asosida Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari bo`yicha "Yangi Toshkent" mahalla fuqarolar yiginlari hokim yordamchisi A.Baniyev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, qilinayotgan ishlar yuzasidan o`rganishlar olib borildi 

Mazkur tadbirda hokim yordamchilari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, xususan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni daromad manbayi bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilinadi.

Shu bilan birga, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta muhim tavsiyalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud holatga tanqidiy yondashuv asosida baho berildi. Aniqlangan muammolar, tizimli kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq mexanizmlar va amaliy choralar belgilab olindi.

Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglanadi, ularning murojaatlari asosida manzilli choralar ko‘rish, ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 7