Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim o‘rganishlar

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari H.Karayeva, Z.Shomurodova, R.Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida tumandagi 6 va 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.

✔️Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Jarayonda maktablarda ta’lim sifati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda pedagog kadrlarning faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

✔️Shuningdek, o‘quv jarayonida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ta’lim tizimida qonun ijrosini ta’minlash orqali o‘quvchilarga sifatli bilim berish va ularning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

✔️Bu kabi o‘rganishlar hududlarda ta’lim sifatini yanada oshirish va tizimni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6