Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlar qurilish jarayonlarini o‘rganmoqda 🏗

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi qaroriga asosan ajratilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, xususan Gurlan shox ko‘chasida piyodalar uchun yangi tratuar (brushatka) yotqizish jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ishlar sifati, belgilangan me’yorlarga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Hududni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 5