Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan o‘z saylov okrugidagi ichimlik suvi ta’minoti holati navbatdagi sessiya oldi hududda mavjud suv bashnyalari faoliyati o‘rganildi.
🚰O‘rganish jarayonida ayrim hududlarda suv bosimi pastligi, texnik nosozliklar hamda infratuzilmani yangilash zarurati borligi aniqlandi. Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.
📈Deputat tomonidan aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amaliy choralar ko‘rish yuzasidan ishlar davom ettiriladi.