35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat mahallada

XALQ DEPUTATLARI PISKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAGA AXBOROT BERDI.

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi deputati Z.Maxmudova tumandagi
2-okrug “Navoiy” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yilning ikkinchii choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, xususan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni hal etish va aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida batafsil axborot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yii 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora - tadbirlar to‘g’'risida” gi PF-71-son Farmoni yuzasidan tushunchalar berildi.

Deputat Z.Maxmudova, saylovchilarning takliflari va fikr-mulohazalariga har doim e’tibor qaratilishini ta’kidlab, mahalla aholisi bilan ochiq muloqotlarni davom ettirishini bildirdi.

Slide 1 of 2