Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori
янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
Mahalla kelajagi — fuqarolar tanlovida

Mahalla kelajagi — fuqarolar tanlovida

 🇺🇿 Uchtepa tumanida joylashgan “Vatanparvar” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv aholining jamoat ishlaridagi faolligini oshirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. Unda чalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "22-Vatan" saylov okrugi deputati Revotov Oleg Viktorovich, tuman prokurori Muxtarov Saidkarim Saidamirovich hamda O'zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo'limi boshlig'i Laziz Yusupovlar ishtirok etdi.

 📝 Uchrashuv kun tartibidan mahalla raisi saylovini tashkil etish, fuqarolar ishtirokini ta’minlash va munosib nomzodlarni ilgari surish masalalari o‘rin oldi. Bu masalalarning muhokama qilinishi mahallaning kelgusi taraqqiyoti va boshqaruv samaradorligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

 ↗️ Uchrashuv davomida deputat Revtov Oleg Viktorovich so‘zga chiqib, mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarni aniq misollar orqali bayon etdi. Xususan, hududda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi muammolarini tizimli hal etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish kabi yo‘nalishlar alohida qayd etildi.

 🗣 Shu bilan birga, u fuqarolarni mahalla hayotida faol ishtirok etishga, saylov jarayonlariga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. Nomzodlarni tanlashda esa vijdonan yondashish, haqiqiy ma’noda mahalla “yettligi”ni boshqara oladigan, tashabbuskor va mas’uliyatli shaxsni qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta'kidladi.

 📊 Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mahalla raisi saylovlarida aholining faolligi qanchalik yuqori bo‘lsa, tanlangan rahbarning jamoaga ishonchi va mas’uliyati ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muammolarni tezkor hal etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

 📁 Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “Vatanparvar” mahallasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv nafaqat saylov jarayoniga tayyorgarlik, balki fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, bu kabi muloqotlar orqali aholida daxldorlik hissi kuchayadi va mahalla kelajagi bevosita fuqarolar tanloviga bog‘liq ekani yana bir bor namoyon bo‘ladi.

Slide 1 of 5