Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori
янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 93-sessiyasi o‘tkazildi.

 Bugun Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari korxona-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. 

Sessiya
kun tartibida:
  

1. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi raisi Sh.Ro‘ziboyevning 9-Temur saylov okrugida o‘tkazilgan saylov natijasi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida. 

2. Tuproqqalʼa tumanidagi ehtiyojmand oilalarni “Temir daftar”ga kiritish hamda davolanish va moddiy taʼminlash uchun moddiy yordam ajratish to‘g‘risida. 

3. “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan moddiy taʼminlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

4. Tuproqqalʼa tumanidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan davlat zaxirasida turgan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida.

5. Tuproqqalʼa tumani hududida “Yashil bog‘lar” ni tashkil etish to‘g‘risida. 

6. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashining 2024-yil uchun ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida. 

7. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi doimiy komissiyalarining 2024-yil uchun ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida. 

8. Tuproqqalʼa tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Atabayev Boburjon Shuxratovichning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish o‘rsatkichlari va mahalliy byudjetning 2023-yil ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida. 

9. Jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni baholash, saralab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida. 

10. Tuproqqalʼa tumani sektorlarida 2024-yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi va uzoq muddatga xorijga ishlashga ketgan migrantlarni qaytarish hamda ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida 

11. Tuproqqal’a tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomiga amal qilinishining ahvoli to‘g‘risida. 

12. Viloyat hokimining 2024-yil 20-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-7-sonli qarorining ijrosi haqida”gi 25-12-0-Q/24-sonli qarori ijrosi yuzasidan Tuproqqal’a tumani hokimining birinchi o‘rinbosari S.Sultanovning axboroti hamda manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida. 

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda muloxazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.   

Slide 1 of 5