Sessiya oldidan deputat tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 9-Katta Tayloq saylov okrugi deputati D. Ulug‘boyeva tashabbusi bilan 10-Payshanbasiyov saylov okrugi, Qo‘shchinor mahallasiga olib berilgan 30 dona temir-beton elektr ustunlarini o‘rnatish ishlari sessiya oldidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ustunlarni o‘rnatish ishlari boshlanganligi aniqlandi. Mazkur masala avval Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida monitoring qilinmoqda.