35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📍 Deputatlik nazorati: O‘rmonchi mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
📌 Deputatlik nazorati:Aholi bandligi masalalari tahlil qilindi
янв.21
📍 Barlos mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati deputatlik nazoratida
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI
янв.21
📍 Gulbuloq mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati deputatlik nazoratida
янв.21
Temirqadam mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazorati
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI
янв.21
Deputatlik nazorati: Uzunbuloq mahallasi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi.
янв.21
🔹 Deputatlik nazorati: aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Deputat nazorati:
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, mahallada ishsiz va kam daromadli fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik, chorvachilik, issiqxona, tomorqa va boshqa daromadli faoliyat turlariga jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisiga aholi bandligini yanada oshirish, o‘zini o‘zi band qilish orqali barqaror daromad manbalarini yaratish, har bir murojaat bilan manzilli ishlash hamda mahallada yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2