35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlari e’tiborda

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich haftalik ish rejaga muvofiq, 24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida, o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olib, ularga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
Jumladan:
🔹 Dombirobod ko‘chasi, 13-uyda yashovchi II guruh nogironi Kuramshin Ildor Afisovich;
🔹 Dilxush ko‘chasi, 106-uyda yashovchi II guruh nogironi Kashenko Pavel Ivanovich;
🔹 Gavhar 1-tor ko‘chasi, 55-uyda yashovchi II guruh nogironi Mannonova Diyora Abdusattor qizi;
🔹 Dilxush ko‘chasi, 101-uyda yashovchi II guruh nogironi Karimberdiyev Odil Jo‘rayevich;
🔹 Go‘zal ko‘chasi, 32-uyda yashovchi II guruh nogironi Xusniddinov Salohiddin Rixsiddin o‘g‘lining xonadonlariga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida fuqarolarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalanish holati, tibbiy ko‘riklardan o‘tish, bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanishi hamda ularni qiynayotgan boshqa masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5