35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Sport inshootlari holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 11 - “Turkiston” saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi E.Abduraxmonovga biriktirilgan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda 7-sonli umumta’lim maktabida sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlanishi holati o‘rganildi. Mazkur maktabda yopiq sport zali mavjud bo‘lib, yangi o‘quv yiliga ta’mirlangan va yangi jihozlar bilan ta’minlangan. Tashqi xovlisida futbol maydoni mvjud bo‘lib, maydonga chim yotqizilgan va o‘yinlar uchun sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, yozgi basketbol maydonchasini ta’mirlash, futbol maydoniga ta’mirlash va volleybol maydonchasi, yugurib kelib uzunlika sakrash joyi, maydoncha atrofiga yoniga suniy qoplamali yugurish yo‘lakchasi ta’mirlash loyihasi uchun 2025-yilning 23-may kuni “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan “Shaffof
qurilish” elektron tenderda pudratchi PERFECT-STORY INVEST MCHJ 2025-yilning 14-iyul kuni 177920-sonli qurilish muddati 40 kunda bajarish sharti bilan 722,0 mln.so‘mlik pudrat shartnomasi imzolangan. Biroq, oradan bir yil o‘tmasdan basketbol maydonchasi ta’mirtalab ahvolgan kelib qolgan. Ushbu muammoni yechimi bo‘yicha Toshkent viloyati kengashi deputati A.Tuychiev nomidan Toshkent viloyati "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKga Deputatlik so‘rovi bilan chiqishga kelishib olindi.
  

Slide 1 of 6