35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📍 Deputatlik nazorati: O‘rmonchi mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
📌 Deputatlik nazorati:Aholi bandligi masalalari tahlil qilindi
янв.21
📍 Barlos mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati deputatlik nazoratida
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI
янв.21
📍 Gulbuloq mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati deputatlik nazoratida
янв.21
Temirqadam mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazorati
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI
янв.21
Deputatlik nazorati: Uzunbuloq mahallasi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi.
янв.21
🔹 Deputatlik nazorati: aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Deputat nazorati:
Yashnobod tumanida jamoat transporti bekatini tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🚌 Yashnobod tumanida jamoat transporti bekatini tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Majidov tomonidan Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i M.M. Ikramov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Yashnobod tumani “Shohsanam” mahallasida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv va qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar asosida tayyorlandi.

🚌 Murojaatlarda “Shohimardon” ko‘chasining “Murabbiy” ko‘chasi bilan kesishgan qismida ilgari mavjud bo‘lgan jamoat transporti bekati faoliyat yuritmayotgani, natijada 28 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlari ushbu nuqtada to‘xtamasdan harakatlanayotgani qayd etilgan.

📍 Ta’kidlanishicha, mazkur bekatdan nafaqat “Shohsanam”, balki “Donishmand”, “Oydiko‘l” va “Yanginur” mahallalari aholisi ham keng foydalangan. Bekatning mavjud emasligi sababli fuqarolar, ayniqsa keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘quvchilar hamda yosh bolali oilalar jamoat transportidan foydalanish uchun uzoq masofani piyoda bosib o‘tishga majbur bo‘lmoqda.

📝 Shu munosabat bilan deputat Inomjon Majidov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i M.M. Ikramovdan “Shohimardon” ko‘chasining “Murabbiy” ko‘chasi bilan kesishgan qismida 28 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlari uchun jamoat transporti bekatini tashkil etish yoki avval faoliyat yuritgan bekatni qayta tiklash imkoniyatini atroflicha o‘rganish, shuningdek, o‘rganish natijalari yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Mazkur deputatlik so‘rovi aholini sifatli va qulay jamoat transporti bilan ta’minlash, transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan bo‘lib, masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1