Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov hududlarda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida mas’ul rahbarlar bilan birgalikda ishlarni muvofiqlashtirmoqda.
Jarayon davomida hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, ko‘chalar va atrof-muhitni obod qilish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olinmoqda.
Deputat tomonidan obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish hamda hududlar yanada ko‘rkam ko‘rinishga keltirilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.