35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Sport sohasida yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar bilan samimiy uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
🌳 Tuman markazini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
📌 Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida
янв.21
📌 Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida
янв.21
📌 Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida
янв.21
📌 Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida
янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
📢 DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!


O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan 21-Sharof Rashidov saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat Fozilova Ra'no To'laganovna 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda:

🔹 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov;
🔹 tuman hokimligi bosh mutaxassisi Sh.Yusupova;
🔹 "Mahalla yettiligi" a'zolari;
🔹 tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari;
🔹 "Madaniyat" hamda "Samarqand" mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

🗣 Yig‘ilishni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov ochib berdi.
U o‘z so‘zida:

✅ mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar;
✅ aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati;
✅ "Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim" tamoyili asosida vakillik organlari hamda ijro hokimiyatining hamkorlikdagi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi.

📊 Shuningdek,
🔸 tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi;
🔸 aholi muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni;
🔸 Kengash qarorlari asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar;
🔸 "Og‘ir toifadagi mahallalar" hamda "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar"da olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan ham ma'lumot berildi.

👤 Deputat Ra'no Fozilova axborotida quydagilar o'z aksini topgan:

📌 tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijrosini taʼminlash;
📌 Mansabdor shaxslarning hisoboti va axborotlari eshitilganligi;
📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik soʻrovlari;
📌 fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar;
📌 ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
📌 yuborilgan deputatlik so‘rovlari;
📌 erishilgan natijalar;
📌 hamda kelgusidagi ustuvor rejalari haqida saylovchilarga batafsil ma'lumot berdi.

💬 Yig‘ilishning ikkinchi masalasi yuzasidan tuman hokimligi bosh mutaxassis Sh.Yusupova so‘zga chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

🤝 Tadbir davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi hamda bildirilgan takliflar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Slide 1 of 4