35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi
янв.21
🌿 Mahallada obodonlashtirish ishlari faol davom etmoqda.
янв.21
⚡️ AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
янв.21
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI:
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Mahallada uyma-uy yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 11-"Bag'rikeng" saylov okrugi deputati J. Abdinazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Eshonqulov tomonidan "Bag'rikeng" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi uyma-uy o‘rganish tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur o‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida amalga oshirildi. Tadbirning asosiy maqsadi fuqarolarning muammolarini bevosita yashash joylarida o‘rganish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Uyma-uy yurish davomida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi bandligini ta'minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari batafsil o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot jarayonida ichimlik suvi ta'minoti, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, obodonlashtirish va kommunal xizmatlar sifati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan ham aholi fikr-mulohazalari o‘rganilib, bildirilgan takliflar tegishli tartibda qayd etildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar kiritish, ijrosini deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib borish belgilab olindi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish va mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2