35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Aholi bandligini ta’minlash masalasi deputat nazoratida
янв.21
DO‘STLIK MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
🌿 DEPUTAT NAZORATIDA: TABIATNI MUHOFAZA QILISH – BARCHANING MAS’ULIYATI
янв.21
24 ta masala
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Xushbaqov tomonidan "24 ta muhim masala" doirasida Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI:
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal Kengashi deputatlari obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqda.
янв.21
⚡️ XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMAN KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (20–24-IYUL)
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍 Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🇺🇿 Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.Eshmuratov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari D.Ravshanbekov va S.Fayziyeva, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida hududga joyiga chiqib o‘rganish tashkil etildi.

⚖️ O‘rganish jarayonida yana bir muhim holatga e’tibor qaratildi. Hudud yaqinida tartibga solingan rasmiy kunlik ishchilar markazi mavjud bo‘lishiga qaramay, norasmiy yig‘ilish joyining bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgani mas’ul tashkilotlar tomonidan ushbu masalani tizimli hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan ishchilarni qonuniy va xavfsiz mehnat sharoitlariga yo‘naltirish, hududda jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

📚 Huquqiy asos:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 24-moddasi – mahalliy Kengash deputatlarining saylov okrugidagi aholi manfaatlarini himoya qilish, hududdagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish vakolatlarini belgilaydi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasi "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunining 4 va 18-moddalari – fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va to‘liq ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash choralarini ko‘rishni nazarda tutadi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 3-moddasi – mehnat sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, fuqarolarning erkin mehnat qilish huquqi hamda mehnat munosabatlarini qonuniy asosda tartibga solishni belgilaydi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasi "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonuni – fuqarolarning qonuniy bandligini ta'minlash, ularni ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish hamda norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilaydi.

🤝 Fuqarolar manfaatlarini ta'minlash, qonun ustuvorligini qaror toptirish va hududdagi dolzarb muammolarni tizimli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 9