Malikobod mahallasi yettiligi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘. Safarov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Sodiqov hamda tuman Ekologiya partiyasi Kengashi raisi G. Rahmatova tomonidan Malikobod mahallasi yettiligi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, hududni obodonlashtirish hamda ekologik holatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, mahallada olib borilayotgan islohotlar samaradorligi, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik darajasi hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. Mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.