📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yaqubov, shahar Kengashi deputati Sh.Azimov, “Jizzaxlik” MFY raisi Sh.Ahrorqulov, "mahalla yettiligi" aʼzolari hamda mahalla faollari va uy-joy mulkdorlari ishtirokida 13-“Jizzaxlik” saylov okrugida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔻Yig‘ilish kun tartibida ikkita muhim masala muhokama qilindi:
▫️«O‘z uyingni o‘zing asra» va «Ozodalik xonadondan boshlanadi» tamoyillari asosida mahalla hududini obodonlashtirish, hasharlar tashkil etish va mulkdorlar masʼuliyatini oshirish;
▫️Joylarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni ijtimoiy reyestrga kiritish orqali manzilli ko‘mak berish.
🔸Tadbir yakunida mahalla tozaligini saqlash, aholi muammolarini tizimli hal etish va belgilangan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.