35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi
янв.21
🌿 Mahallada obodonlashtirish ishlari faol davom etmoqda.
янв.21
⚡️ AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
янв.21
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI:
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli M.Kasimovaning O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ–561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, olib borilgan tizimli ishlar natijasida:
8 nafar ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgan;
11 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan;
4 nafar ayolga shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgan;
5 nafar ajrim yoqasidagi oilaning yarashishiga erishilgan;
3 nafar xotin-qizga moddiy yordam ajratilgan;
1 nafar fuqaro uchun ssuda ajratilishiga ko‘maklashilgan;
Xorijda mehnat qilayotgan 17 nafar xotin-qizning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida xotin-qizlarning qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, oilalarda zo‘ravonlikning oldini olish hamda ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2