35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi
янв.21
🌿 Mahallada obodonlashtirish ishlari faol davom etmoqda.
янв.21
⚡️ AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
янв.21
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI:
Parlament nazorati amaliyotda: senatorlar uy-joy kommunal xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi

#Sessiya_oldi_organish #Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Parlament nazorati amaliyotda: senatorlar uy-joy kommunal xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov boshchiligidagi Senat a’zolari uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurdi.

📝 Ma’lumki, Oliy Majlis Senatining 17-yalpi majlisida boshqaruv servis kompaniyalari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari atroflicha ko‘rib chiqilib, mavjud tizimli muammolar muhokama qilingan va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan edi. Mazkur tashrif parlament nazoratining amaliy davomi bo‘lib, belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijalarini joyida o‘rganishga xizmat qildi.

🔎 Tashrif davomida senatorlar fuqarolar uchun elektron xizmatlarni kengaytirish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, "Mening uyim" axborot platformasi orqali aholiga yaratilgan qulayliklar, jumladan, majburiy badallar va kommunal to‘lovlarni real vaqt rejimida kuzatish va onlayn to‘lash, boshqaruv kompaniyalari faoliyatini baholash hamda kommunal muammolar yuzasidan elektron murojaatlar yuborish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🔎 Shuningdek, senatorlar erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan, tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi. Xususan, ko‘p qavatli uylarning texnik holatini baholashda inson omilini kamaytirish, muhandislik tarmoqlari va ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyojlar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yuritish hamda muntazam yangilab borish zarurligi ta’kidlandi.

🔺 Qayd etilganidek, ushbu mexanizm kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni samarali rejalashtirish, mavjud muammolarni oldindan aniqlash va mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube

Slide 1 of 6