35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi
янв.21
🌿 Mahallada obodonlashtirish ishlari faol davom etmoqda.
янв.21
⚡️ AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
янв.21
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI:
Humo mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati o‘rganildi

Humo mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullaevna hamda belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Navoiy shahar Humo mahallasi hududida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida yozning issiq kunlarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, sovutish uskunalarining texnik holati hamda mahsulotlarning yaroqlilik muddatlariga rioya qilinishi atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga amaldagi sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, ularda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1