35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal Kengashi deputatlari obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqda.
янв.21
⚡️ XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMAN KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (20–24-IYUL)
янв.21
📌 “Nurafshon” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot: Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat – mahallada
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: NURAFSHON MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim huquqiy kafolati.
янв.21
📍 Murojaatlar joyiga chiqib o'rganildi.
янв.21
Murojaatlar joyiga chiqib o'rganildi.
📌 Aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash bo‘yicha muhim tashabbus ilgari surildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubayeva Bazargul Maxammatdinovna Parlament komissiyasi hamda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining Davlat grantlari tanloviga “Do‘stlik” MFYda tomorqalarni sug‘orish tizimini quyosh energiyasi asosida qo‘llab-quvvatlash” loyihasi bo‘yicha taklif kiritdi.

📋 Loyiha doirasida quyidagi takliflar ilgari surildi:
🔹 Mahalladagi tomorqalarni sug‘orishga xizmat qilayotgan 3 ta elektr nasosining har biriga 20 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatish;
🔹 Suv inshooti hududiga 60 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatish;
🔹 O‘rnatilgan quyosh panellarini mahalla balansiga o‘tkazish hamda ulardan foydalanishning barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish.

☀️ Loyiha amalga oshirilgach, quyosh panellari ishlab chiqaradigan elektr energiyasini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar suv nasoslarining elektr xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

🌱 Natijada “Do‘stlik” MFYdagi 1 874 ta xonadon, 6 mingdan ortiq aholi tomorqa yerlarini barqaror sug‘orish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa tomorqachilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

⚡️ Mazkur tashabbus qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, suv resurslarini tejash hamda mahallalarda barqaror infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechim sifatida ahamiyat kasb etadi.