Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#Chinoz_tumani #Deputat targ'ibot uchrashuvi "Madad" NNT bilan hamkorlikda targ'ibot uchrashuvi o‘tkazildi




✅Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

📝Uchrashuv davomida huquqshunos Z.Q. Boqijonov tomonidan yig‘ilgan fuqarolarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish asoslari, yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, yuridik yordam ko‘rsatiladigan ishlar toifasi hamda yuridik yordam ko‘rsatish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

❇️Uchrashuv yakunida 5 nafar fuqaro tomonidan murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlar yuzasidan “Madad” NNT Chinoz tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Z.Q. Boqijonov tomonidan fuqarolarga amaliy huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Slide 1 of 3