Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev tomonidan tumandagi Jarquduq mahallasida joylashgan qabriston hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida qabriston hududini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhit tozaligini ta’minlash hamda aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bu kabi o‘rganishlar hududlarni yanada obod qilish, aholi murojaatlariga amaliy yechim topish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4