Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Murojaat ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Z.Umarova saylovchilar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan hududga chiqib, mavjud muammoni joyida o‘rgandi.

O‘rganish natijalari asosida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur so‘rov ijrosi ta’minlanib, murojaatda ko‘tarilgan muammo bartaraf etildi.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududlardagi dolzarb masalalarning yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 4