Жаңалықлар

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximov Avulmat mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.

 Uchrashuv davomida mahalla aholisining turmush sharoiti, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash,
bandlikni ta'minlash hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o'rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim talab etadigan masalalar deputatlik nazoratiga olinishi ta'kidlandi. Uchrashuv yakunida aholi bilan doimiy muloqotni yo'lga qo'yish, ularning murojaatlariga o'z vaqtida munosabat bildirish hamda hududni yanada obod etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi. 

Slide 1 of 4