Жаңалықлар

#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan hududdagi Madaniyat markazida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida markazda yoshlar va aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishi, yozgi davrda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, loyiha doirasida yoshlarning qiziqishlari asosida yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish, madaniy tadbirlar samaradorligini oshirish va markaz faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hudud deputati S. Xamrayev hamda deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlovchi mas’ul mutaxassis Z. Temirova tomonidan nazoratga olinib, tashkiliy jihatdan ta’minlab borilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4