Жаңалықлар

🔰Xalq bilan muloqot.

🔸Jizzax viloyati Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati T.Rasulova hamda viloyat va shahar miqyosidagi tegishli tashkilot, korxona va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.

🔸Qabul davomida shahar aholisining kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya, bandlik va infratuzilmani yaxshilashga oid murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Muammolarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, ijrosi vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.

Slide 1 of 4