Жаңалықлар

📌 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: PIYODALAR XAVFSIZLIGI USTUVOR VAZIFA

🔍 ANIQLANGAN MUAMMO
Hudud: Shovot tumani, “Boʻston” mahallasi, Mevazor koʻchasi.
Holat: Koʻchada joylashgan “Beg yop” kanali ustidagi koʻprikda piyodalar xavfsizligini taʼminlovchi himoya toʻsiqlari (panjaralar) mavjud emas.
Xavf darajasi: Mazkur holat maktab oʻquvchilari, keksalar va boshqa piyodalarning kundalik harakati uchun jiddiy xavf tugʻdirib, baxtsiz hodisalarga sabab boʻlishi mumkin.
📝 AMALGA OSHIRILGAN ISH
Fuqarolar murojaati va joyiga chiqib oʻrganish natijalariga koʻra, Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi.
🎯 DEPUTAT TALABLARI
Texnik koʻrik: Koʻprikni zudlik bilan joyiga chiqqan holda texnik koʻrikdan oʻtkazish.
Xavfsizlikni taʼminlash: Amaldagi meʼyoriy talablarga muvofiq, koʻprikning har ikki tomoniga mustahkam himoya toʻsiqlarini oʻrnatish.
Hisobot: Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qonunda belgilangan 10 kunlik muddat ichida yozma maʼlumot taqdim etish.
⚖️ QONUN USTUVORLIGI
📜 “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak”
Asos: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi qonunlari.
Eslatma: Deputat soʻrovini koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki muddatlarni uzrsiz sabablar bilan buzish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq qonuniy javobgarlikka sabab boʻladi.
💬 "Xalq manfaatlari va fuqarolar xavfsizligi – doimiy eʼtiborimizda!"