Жаңалықлар

📊 KENGASH QARORI BILAN AJRATILGAN BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O'RGANILDI

📜 Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son Farmoni 9-bandining "b" kichik bandi.
💰 Nima o‘rganildi?
"Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘larining Shovot tumani hokimligiga ajratilgan qismi maqsadli va samarali sarflanayotgani tahlil qilindi.
🤝 Hamkorlikda:
👤 I. Masharipov – Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri
👤 D. Abdullayev – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
🎯 O‘rganish maqsadi:
✅ Aholi hayot kechirishiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini baholash.
🔎 E'tibor qaratildi:
▪️ Mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi;
▪️ Ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish;
▪️ Amalga oshirilayotgan tadbirlarning amaldagi tartib-taomillarga muvofiqligi.
📌 Xulosa:
O‘rganishlar davomida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflangani, buning natijasida bugungi kunda Shovot tumani aholisi uchun qator qulayliklar yaratilgani hamda fuqarolarni bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy muammolarning bosqichma-bosqich bartaraf etilgani ma'lum bo‘ldi.

Slide 1 of 4