Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Hudud infratuzilmasini yaxshilash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2-Tallashqon saylov okrugi deputati Jovliyev Ravshan hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Laziz Xurramov tomonidan Yuqori Tallashqon MFY hududida amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla aholisini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi elektr uzatish liniyalarini tortish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani kuzatildi.

Mazkur loyiha hudud elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari deputatlik nazorati asosida muntazam kuzatib borilmoqda.

Slide 1 of 3