Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

O‘rganish

Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi 167-I-son Qonuni ijrosining taʼminlanishi holatini o‘rganish maqsadida 19-okrug deputati Sh. Muratov tomonidan tuman Madaniyat boʻlimida monitoring oʻtkazildi.

✅Monitoring davomida xizmat hujjatlarining ayrimlari hanuzgacha kirill yozuvida yuritilayotgani aniqlandi.

✅Masʼullarga amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq barcha rasmiy hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yuritish zarurligi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

✅Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat va oʻrganish ishlari izchil davom еttiriladi.                                                 

Slide 1 of 4