Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT VA XALQ O‘RTASIDAGI OCHIQ MULOQOT

AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT VA XALQ O‘RTASIDAGI OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati J.Masharipov Zarbdor mahallasidagi 13-son maktab binosida saylovchilar bilan navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabulda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Matyaqubova ham ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, bandlik, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi. Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
Bunday ochiq muloqotlar xalq manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Slide 1 of 1